*
 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY
DASTURI TO`G`RISIDA


O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:
1. Kadirlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlansin.
2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kadirlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma bosqich ro`yobga chiqarish yuzasidan kompleks tadbirlar rejasini ishlab chiqib amalga oshirsin. Davlat byudjetini tasdiqlashda milliydasturning moliyaviy va moddiy ta`minotiga alohida etibor berilsin.

O`O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
Toshkent shahri
1997 yil 29 avgust

MILLIY DASTURNING MAQSADI, VAZIFALARI
VA UNI RO’YOBGA CHIQARISH BOSQICHLARI.

2.1 Dasturning maqsad va vazifalari.
Mazkur dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la halos etash, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak manaviy va ahloqiy talablarda javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro’yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi.
“Ta’lim to’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimi-ni isloh qilish,davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tay-yorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash ta’-lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish,ri-vojlangan demokratik huquqiy davlat qurulishi jarayonlariga moslash;
Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutahasislar bilan ta’min-lash pedagogik faoliyatning nufuzli va ijtimoiy maqomini ko’tarish;
Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraq-qiyot istiqbollaridan,jamiyat ehtiyojlaridan,fan madaniyat,texnika va texnologiya-ning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
Ta’lim olivchilarni manaviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish ta’lim va kadrlar tayyorlash,ta’lim muassasalarini at-testaciyadan o’tkazish va akkretaciya qilish sifatida baho berishning holis tizimini joriy qilish.
2.2. Dasturni royobga chiqarish bosqichlari.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma –bosqich royobga chiqariladi.
Birinchi bosqich (1997- 2001) yillar mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida islohiy tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy kadrlar jihatidan ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoyitlar yaratish.
Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
``Ta`lim to`g`risida``gi qonunga muofiq ta`lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yahshilash;
pedagog va ilmiy- pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;
ta`lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi,malakasi madaniy-ahloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo`yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va joriy etish;
ta`lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini,kadirlar tayyorlash sifati va ularga bo`lgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Ikkinchi bosqich (2001-2002- yillar) milliy dasturni to`liq ro`yobga chiqarish, mhnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatlaini hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
Ta`lim muassasalarini mahsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to`ldirish ta`minlanadi,ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiradi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)-to`plangan tajribani tashkil etish va umumlashtirish asosida,mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanqa rivojlantirish.

KADRLAR TAYYORLASHNING MILLIY MODELI

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qisimlarini quyidagilardan iboratdir:
Sahs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti,ta`lim sohasidagi hizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi;
Davlat va jamiyat-ta`lim va kadrlar tayyorlash tiziming faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiuruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
Uzuliksiz ta`lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib,ta`limning barcha turlarini,davlat talim standartlarini,kadrlar tayyorlash tizimini tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga oladi;
Fan yuqori malakali mutahassislar tayyorlovchi ilg`or pedagogik va ahborot tehnologiyalarini ishlab chiquvchi;
Ishlab chiqarish-kadrlarga bolgan ehtiyojni shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi tayyorlash tizimini moliya va moddiy tehnika jihatidan ta`minlash jarayonining qatnashchisi. Davlat va jamiyat uzluksiz ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo`lishini va hayot o`zgarishlariga moslanuvchanligini ta`minlaydi.
O`zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, birla huquqini saqlashdagi shartnomalar va konferensiyalarning bajarilishi,kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg`or tajribasini hisobga olish uzliksiz ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga dahildor bo`lim uning rivojlanishi omillaridan biridir.
3.1 Shahs.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va manaviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shahs fuqaroni shakillantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konistitusiyaviy huquqlaridan biri-bilim olish ijodiy qobiliyatini namoyish etish, intelektual jihatdan rivojlanish kasbi bo`yicha mehnat qilish huquqi ro`yobga chiqariladi.
``Ta`lim to`g`risida``gi Qonun umumiy o`rta va o`rta mahsus kasb hunar ta`limi standartlari orqali sifatli ta`lim olish, shuningdek ta`lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakillari va turlarini tanlashni,uzluksiz malaka oshrib borish, zarurat taqoza etsa,tegishli qayta tayyorgarlikdan o`tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta`lim hizmatlarining istemolchi sifatida shahsga davlat ta`lim olish va kasb- hunar tayyorgarligi ko`rish kafolatlanadi. Ta`lim olish jarayonida shahs davlat ta`lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarish shart.
Shahs ta`lim hizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta`lim moddiy ishlab chiqarish, fan,madaniyat va hizmat ko`rsatish sohasida faoliyat ko`rsatadi va o`z bilimi va tajribasini o`zgartirishda ishtirok etadi.
3.2 Davlat va jamiyat.
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimik amal qilishi va rivojlantirishning kafillari,yuqori malakali raqobatbardosh mutahasislar tayyorlash bo`yicha ta`lim muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
Fuqqarolarning bilim olish kasb tanlash va o`z malakasini oshirish huquqlari royobga chiqarilishiga;
Milliy umumiy o`rta ta`lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta`lim olish yo`nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o`rta mahsus, kasb- hunar ta`limi olishga;
Davlat grantlari yoki – pullik shartnomaviy asosda oliy ta`lim va oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim olish huquqiga;
3.3. Uzluksiz ta`lim.
Uzluksiz ta`lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotini ta`minlovchi shahs, jamiyat va davlatning iqtisodiy,ijtimoiy,ilmiy-tehnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta`lim ijodkor, ijtimoiy faol, manaviy boy shakillanishi va yuqori mallakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
3.3.1. Uzluksiz ta`limni tashkil etish va rivojlantirish prinsipolari.
Uzluksiz ta`limning faoliyat ko`rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ta`limning ustuvorligi-uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim,ta`lim va yuksak intelektining nufuzi;
Ta`limning demokratlashuvi- ta`lim va tarbiya uslublarini tanlashda o`quv yurtlari mustaqilligining kengayishi ta`limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o`tilishi;
Ta`limning insonparvarlashuvi- inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta`limga nisbatan bo`lgan turli- tuman ehtiyojlarining qondirilishi milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta`minlanishi inson, jamiyat va atrof muhit o`zaro munosabatlarning uyg`unlashuvi;
Ta`limning ijtimoilashuvi – ta`lim oluvchilarga estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma`naviyat ,madaniyatga ijodiy fikrlashni shakillantirish;
3.3.2.Uzluksiz ta`limni isloh qilish yo`nalishlari.
Uzluksiz ta`lim sohasidagi islohatlar quyidagilarni nazarda tutadi.
Ta`lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yashshilash, tarbiyachi,o`qituvchi,muallim va ilmiy hodimning kasbiy nufuzini oshirish;
Davlat va nodavlat ta`lim muassasalarining har hil turlarini rivojlantirish;
Davlat ta`limini tarkibiy jihatdan qayta qurish , ta`lim fan tehnika va tehnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqiyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta`lim va kasb-hunar ta`limi dasturlarini tubdan o`zgartirish;
Majburiy umumiy o`rta ta`limdan o`rta mahsus kasb-hunar ta`limiga o`tilishini ta`minlash;
Mahsus kasb-hunar ta`limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integrasiyalashgan yangi tipdagi o`quv muassasalarini vujudga keltirish;
Ilg`or tehnologiyalarni keng o`zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlar ,chet el investisiyalari ko`lamlarining kengayishi,tadbirkorlik,kichik va hususiy biznesni rivojlantirish bilan bog`liq yangi kasb-hunar va mutahassisliklar bo`yicha kadrlar , shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarni tayyorlash , qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Milliy mustaqillik prinsiplari va haliqning boy intelektual metodi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta`limning barcha darajalari va bo`g`inlarida ta`lim oluvchilarning ma`naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
Ta`limni boshqarish tizimini takomillastirish , jamoat boshqaruvi shakillarini rivojlantirish, ta`lim muassasalarini mintaqalashtirish.
3.3.3. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim satandartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi. Va quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
Maktabgacha ta’lim;
Umumiy o’rta ta’lim;
O’rta mahsus kasb-xunar ta’limi;
Oliy ta’lim;
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o’ziga hos hususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda ush yillik,o’rta mahsus,kasb-xunar ta’limini jo-riy etishdan iboratdir.Bu esa,umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta mahsus,kasb-xunar ta’limi dasturlariga izchil o’tilishini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim,boshlang’ich ta’lim(1-1V sinflar), umumiy o’rta ta’lim (1-1X sinflar),o’rta mahsus,kasb-xunar ta’limini qamrab oladi.
Kasb-xunar ta’limi dasturlari o’rta mahsus,kasb-xunar ta’limi,oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni,kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyor-lashni qamrab oladi.

MAKTABGACHA TA’LIM

Maktabgacha ta’lim bola sog’lom,har tomonlama kamol topib shakillanishini ta’-minlaydi,unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi,uni muntazam ta’lim olishga tay-yorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahalalar, yamoat va hayriya tashkilotlari xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
Maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarni izlash va joriy etish;
Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy psixologik-pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
Zamonaviy o’quv uslubiy qo’llanmalar,texnik vositalar,o’yinchoqlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy tarixiy merosi va umum-bashariy qadriyatlar asosida manaviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sha-roitlar yaratish;
Maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlar-ni tanlab olish maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo’icha malakali kon-sultaciya hismatiko’rsatish imkoniyatini yaratish;
Maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab quv-vatlash va rivojlantirish mexanizimini ishlab chiqish.

UMUMIY O`RTA TA`LIM

To`qqiz yillik (I-IX sinflar) o`qishdan umumiy o`rta ta`lim majburiydir. Ta`limning bu turi boshlang`ich ta`limni (I-IV sinflar) qamrab oladi,hamda o`quvchilarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlarini,ularda bilim o`zlashtirish ehtiyojini,asosiy o`quv ilmiy va umummadaniy bilimlarni,milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-ahloqiy fazilatlarni,mehnat ko`nikmalarini ijodiy fikrlash va atrof muhitda ongli munosabatda bo`lishni va kasb tanlashni shakillantiradi. Umumiy o`rta ta`lim tugallanganidan keyin ta`lim fanlari va ular boyicha olingan baholar ko`rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat belgiladi.
Umumiy o`rta ta`limning yangicha tizimi va mazmunini shakillantirish uchun quyidagilar zarur:
Maktabning I-IX siniflari doyirasida sifatli umumiy o`rta ta`lim olishni ta`minlovchi davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bundan Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta`lim dasturlari bilan mantiqiy bog`liqlik hisobga olinishi lozim;
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
Hududlarning jug`rofiy va demografik hususiyatlariga,shahs jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta`limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
Ta`lim berishning ilg`or pedagogik tehnologiyalarini, zamonaviy o`quv uslubiy majmualarini yarastish va o`quv tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash;
O`quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va pisihologik-pedagogik jihatdan maslahatlar oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etish.

O’RTA MAHSUS, KASB-XUNAR TA’LIMI

Umumiy o’rta ta’lim negizida o’qish muddati uch yil bo’lgan majburiy o’rta mahsus,kasb-xunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir.O’rta mahsus, kasb-xunar ta’limi yo’nalishi – akademik litcey yoki kasb-xunar kolleji o’quvchilar tomonidan ihtiyoriy tanlanadi.
Akademik litcey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta mahsus ta’lim beradi.
O’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning ja-dal intelektual rivojlanishi chuqur,sochalashtirilgan,tabaqalashtirilgan,kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.
Akademik litceylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha (gumanitar,texnika,agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirib hamda fan-ni chuqur o’rganishga qaratilgan mahsus kasb-xunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.Bu ko’nikmalarini o’qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mrhnat faoliyatida ro’yobga chiqarishlari mumkin.
Kasb-xunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta mahsus, kasb-xunar ta’limi beradi;o’quvchilarning kasb-xunarga moyilligi,bilim va ko’nikmalarni chuqur rivojlantirish,tanlab olingan kasb-xunar bo’yicha bir yoki bir necha ihtisosni egallash imkonini beradi.
Kasb-xunar kollejlari jihozlanganlik darajasi pedagogik tarkibning tanlanganligi, o’quv jarayoning tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisob-lanadi.Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-xunarni egallash hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik litciylar va kasb-xunar kollejlarida ta’lim olish o’quvchilarga o’z ilim-larini chuqurlashtirish va tanlagan ihtisosliklariga ega bo’lishni taminlaydi.

OLIY TA’LIM

Oliy ta’lim o’rta mahsus,kasb-xunar ta’limi negizida asoslanadi hamda ikki (bakalavriyat va magistratura) bosqichga ega.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik – shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriyat – mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bi-lim beradigan,ta’lim muddati kamida to’rt yil davim etadigan tayanch oliy ta’lim-dir.Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so’ng bitiruvchilarga davlat attestaciyasi yakunlariga binoan kasb bo’yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomoni-dan tastiqlangan namunadagi,kasb-xunar faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura – aniq mutahassizlik bo’yicha davlat malaka attestaciyasi amaliy bilim beradigan,bakalavriyat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom eta-digan oliy ta’limdir. “magistr” darajasini beradigan davlat malaka attestaciyasi magisrtlik dasturining intihosidir.Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan na-munadagi kasb-xunar faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradigan diplom top-shiriladi.
Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
Bakalavriyat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlari ishlab chiqarish va joriy etish;
Oliy ta’lim muassasalari uchun professor-o’qituvchi kadrlar tayyorlash,shu jumladan chet ellardagi etakchi o’quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;
Oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o’zgartishlar o’tkazish;
Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish,bu muassasalarning mus-taqilligini ko’paytirish,muassislar vasiylar kengashlari,jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish.

OLIY O`QUV YURTIDAN KEYINGI TA`LIM

Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishga, shahsning ijodiy ta`lim kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`limni oliy o`quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura,doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim bosqichlari (aspirantura,doktorantura) disertasiya himoyasi bilan yakunlanadi.

KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI QAYTA TAYYORLASH.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutahassislarning kasb bilimlari va ko`nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta`lim muassasalaridagi o`qish natijalariga ko`ra davlat tomonidan tasdiqlangan na`munadagi guvohnoma yoki sertifikat topshriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur;
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib,mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakillantirish;
Yuqori malakali o`qituvchi mutahassis kadrlar tayyorlash va shahsni ular bilan to`ldirib borishni ta`minlash;
Kadrlar malakasini oshrish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakillantiorishni

Google
 
Web

www.and-moi.narod.ru

 

 

Hosted by uCoz